Payshanba – yoshlar kuni: Yangi g‘oyalar, yangi imkoniyatlar
2026-06-11 15:50:00 / Yangiliklar
Yoshlar kuni munosabati bilan hududlarda “Rahbar va yoshlar”, “Uch avlod” uchrashuvlari hamda ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu uchrashuvlarda faxriylar, otaliqqa olingan yoshlar, volontyorlar, shuningdek uyushgan va uyushmagan yoshlar faol ishtirok etdi.

Uchrashuvlar davomida rahbarlar o‘z hayot yo‘llari, sinov va tajribalar bilan boyigan faoliyatlari haqida samimiy hikoya qilib, yoshlar bilan chin dildan muloqot qildilar. Ularning har bir so‘zi yoshlar qalbida ilhom uyg‘otib, kelajakka ishonchni mustahkamladi. Shu bilan birga, yoshlarga vatanparvarlik tuyg‘usini yanada kuchaytirish, bilim sari intilish, kasb-hunar egallash hamda jamiyat hayotida faol va mas’uliyatli bo‘lib ishtirok etish zarurligi haqida muhim tavsiyalar berildi.









