Xorazm viloyati hokimligida muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-06-11 15:35:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyati hokimligida favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularda samarali harakat qilish davlat hududiy quyi tizimining tayyorgarlik holatini kompleks tekshiruvdan o‘tkazishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari so‘zga chiqib, mazkur tekshiruvning ahamiyati, uni yuqori saviyada tashkil etish hamda barcha mutasaddi tashkilotlar oldida turgan ustuvor vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Ta’kidlanganidek, tekshiruv jarayonlariga viloyatdagi tashkilot, idora va muassasalar hamda muhim obyektlar jalb etilgan. Yig‘ilish yakunida mas’ullarga aniq vazifalar yuklatilib, tekshiruv tadbirlarini yuqori darajada tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.



