Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda
2026-06-11 13:10:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyatining Arnasoy tumanida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilmoqda.
Mazkur o‘quv mashqlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarligida tegishli xizmatlar hamkorligida tashkil etilib, unda hududiy boshqaruv organlari, qutqaruv bo‘linmalari hamda hamkor tashkilotlarning kuch va vositalari jalb etilgan.
O‘quv mashqida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar ssenariylari asosida amaliy harakatlar bajarilmoqda. Jumladan, qutqaruvchilar tomonidan talafot ko‘rgan hududlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilib, jabrlanganlarga tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ularni vaqtincha joylashtirish hamda zarur sharoitlar bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks choralar ko‘rilmoqda.
Mashqlar davomida xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, tezkorlik va muvofiqlashtirilgan harakatlar sinovdan o‘tkazilib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik darajasi amaliy jihatdan mustahkamlanmoqda.







