#FVV_Faxriylari
2026-06-10 19:15:00 / Yangiliklar
Fidoyilik va jasorat namunasi
Radjabov Fayoziddin Suyarkulovich 35 yildan ortiq vaqt davomida Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida samarali xizmat qilib kelmoqda. U xizmat faoliyati davomida 10 mingga yaqin yong‘inni bartaraf etishda ishtirok etib, 1000 ga yaqin inson hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shgan.
Kasbiga sadoqati, jasorati va yuksak mas’uliyati bilan hamkasblari hamda yosh xodimlarga doimo namuna bo‘lib kelayotgan Fayoziddin Suyarkulovich xalqimiz xavfsizligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlardan biridir.
