Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Oilamiz — kelajagimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
2026-06-09 17:30:00 / Yangiliklar
Unda boshqarma va uning tarkibiy tuzilmalari harbiy xizmatchilari, xizmatchilar hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirlar davomida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish va yoshlarni mas’uliyatli oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dastur doirasida davra suhbatlari, targ‘ibot uchrashuvlari, sport musobaqalari hamda psixologik mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Mutaxassislar tomonidan oiladagi sog‘lom muhit, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati va nizoli vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar berildi. Shuningdek, xodimlarning ruhiy salomatligini mustahkamlashga qaratilgan psixoprofilaktik tadbirlar ham tashkil etildi.
Tadbirlar doirasida harbiy xizmatchilar, xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun sayyor tibbiy ko‘rik hamda madaniy hordiq dasturlari uyushtirildi. Bolalar uchun “Men ham qutqaruvchi bo‘laman” tanlovi, sport musobaqalari va maxsus texnikalar namoyishi tashkil etildi. Yakunda faol ishtirokchilar diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
