Samarqand viloyati FVB tomonidan maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-06-08 19:25:00 / Yangiliklar
Samarqand viloyati FVB tomonidan Jomboy tumanida joylashgan yirik ishlab chiqarish korxonasida qutqaruvchilarning jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va hamjihatlikda harakat qilish bo‘yicha maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
O‘quv mashqi davomida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatni bartaraf etish, jabrlanganlarni qutqarish, yong‘inni o‘chirish hamda kuch va vositalarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amaliy tarzda sinovdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida qutqaruvchilarning chaqqonligi, jismoniy tayyorgarligi, maxsus texnika va jihozlardan unumli foydalanish ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.
