Ko‘hna va hamisha navqiron Samarqand bag‘rida Favqulodda vaziyatlar vazirligi faxriylari uchun unutilmas sayohat tashkil etildi
2026-06-08 14:35:00 / Yangiliklar

Asrlar qa’ridan bugungi kungacha yetib kelgan tarixiy obidalar qarshisida ular yurtimizning boy o‘tmishi, buyuk ajdodlarimiz qoldirgan bebaho meros va milliy qadriyatlarimizning boqiyligi haqida yana bir bor mushohada yuritdilar.
Har bir ziyoratgoh, har bir qadimiy g‘isht va naqshlarda xalqimizning shonli tarixi mujassamdek edi. Faxriylar Samarqandning betakror me’moriy yodgorliklarini tomosha qilar ekan, ularda Vatanga muhabbat, tarixiy merosimiz bilan faxrlanish tuyg‘ulari yanada kuchaydi.
Mazkur sayohat nafaqat mazmunli hordiq, balki avlodlar davomiyligi, milliy o‘zlik va ma’naviy qadriyatlarimizning yuksak ifodasi bo‘ldi. Tarix va bugunni bog‘lagan ushbu uchrashuv faxriylar qalbida yorqin taassurotlar va unutilmas xotiralarni qoldirdi.





