Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Xo‘jayli tumani bo‘limi shaxsiy tarkibi uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash va psixoprofilaktik tadbir tashkil etildi
2026-06-08 09:20:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida xodimlar bilan individual va guruhli psixologik suhbatlar o‘tkazilib, stress hamda emotsional zo‘riqishlarni boshqarish, inqirozli vaziyatlarda ruhiy barqarorlikni saqlash, jamoada o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhitini mustahkamlash va ruhiy salomatlikni asrash masalalari yuzasidan tavsiyalar hamda tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarning psixologik barqarorligini rivojlantirish, kasbiy faoliyat davomida uchrashi mumkin bo‘lgan ruhiy zo‘riqishlarning oldini olishga qaratilgan psixologik trening tashkil etildi.



