Namangan viloyati hududidagi gʻalla maydonlarida oʻrganish ishlari olib borildi
2026-06-07 19:00:00 / Yangiliklar

O‘rganishlar davomida o‘rim-yig‘im mavsumida yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, hududlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar bilan uchrashuv va suhbatlar o‘tkazilib, o‘rim-yig‘im mavsumi davomida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, ehtimoliy yong‘inlarning oldini olish, qishloq xo‘jaligi texnikalari hamda agregatlaridan xavfsiz va samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga dalalarda doimiy nazoratni kuchaytirish, yong‘inga qarshi vositalarning soz holatda bo‘lishini ta’minlash, texnika va uskunalarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish hamda belgilangan xavfsizlik talablari va qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.




