Bolalar yozgi dam olish oromgohlarida o‘rganish ishlari olib borildi
2026-06-06 18:00:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan Pop tumanidagi "Oftobcha", "Binafsha" va "Temiryoʼlchi" bolalar yozgi dam olish oromgohlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
Jarayonda oromgohlarning texnik va yong‘in xavfsizligi holati, evakuatsiya yo‘laklari, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalari hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, bolalarning mazmunli va xavfsiz dam olishini ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.




