Qamchiq dovoni hududida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2026-06-06 17:20:00 / Yangiliklar

Mashg‘ulot davomida shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyat sharoitida tegishli xizmat va tuzilmalarning o‘zaro hamkorlikdagi harakatlari amaliy sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, qutqaruv bo‘linmalarining jangovar shayligi, maxsus texnika va asbob-uskunalarning tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘quv mashg‘uloti doirasida favqulodda vaziyat oqibatlarini qisqa muddatda bartaraf etish, shuningdek, aholini xavfsiz hududga evakuatsiya qilish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, yong‘inni o‘chirish va boshqa amaliy harakatlar bajarildi.
Mazkur tadbir ishtirokchilarning kasbiy mahorati va amaliy ko‘nikmalarini yanada oshirish, tegishli tashkilot va idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini tezkor va samarali bartaraf etishga xizmat qiladi.









