Moliya-iqtisod yo‘nalishida respublika o‘quv seminari o‘tkazilmoqda
2026-06-06 11:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 4–6-iyun kunlari Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy bosh boshqarmalari, boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalarida moliya-iqtisod yo‘nalishida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirokida respublika o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
Seminardan ko‘zlangan maqsad islohotlarning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, joylardagi dolzarb muammolarga bosqichma-bosqich yechim topish, shuningdek, xodimlarning kasbiy mahorati va bilim saviyasini oshirish, qonunchilik talablariga rioya etish, ijro hamda xizmat intizomini mustahkamlashdan iborat.







