Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari Sirdaryo viloyatida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻycha amalga oshirilgan ishlarni oʻrgandi
2026-06-06 10:35:00 / Yangiliklar

Shuningdek, "Xovos don mahsulotlari" AJga borilib, don qabul qilish korxonasida yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, birlamchi yongʻin oʻchirish vositalarining shay holati hamda yaratilgan sharoitlar oʻrganildi.
Shundan soʻng, fermer xoʻjaliklarining gʻalla oʻrim-yigʻim maydonlarida mexanizatorlar va masʼul xodimlar bilan yongʻinlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor harakat qilish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilib, amaliy tavsiyalar hamda masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi.
Jarayonda, Xovos tumanidagi membrana qoplamali suv havzalarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar bilan tanishilib, mazkur suv havzalarida fuqarolar, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarning holati koʻzdan kechirildi. Xususan, suv havzalari atrofida oʻrnatilgan ogohlantiruvchi belgilar, himoya toʻsiqlari, najot arqonlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.
Oʻrganish yakunida masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.





