Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida tizim harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari hamda xizmatchlar uchun bepul chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
2026-06-06 10:00:00 / Yangiliklar

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy hamda madaniy hordiq tadbirlari yuqori saviyada oʻtkazilib, unda ishtirokchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy salohiyatini rivojlantirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir doirasida yosh isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning tasviriy sanʼatga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish maqsadida “Yosh rassomlar” tanlovi oʻtkazildi.
Shu bilan birga, shaxmat va shashka musobaqalari tashkil etilib, ishtirokchilar oʻzlarining aql-zakovati, mantiqiy fikrlashi, strategik yondashuvi va raqobatbardoshligini namoyon etdilar. Murosasiz va qiziqarli bahslarga boy tarzda kechgan musobaqalar ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashib, oʻzaro doʻstlik, hamjihatlik va ahillik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.







