“Bitta askar – bitta kasb” tamoyili amalda
2026-06-06 09:30:00 / Yangiliklar
FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar uchun “Bitta askar – bitta kasb” tamoyili asosida kasbga tayyorlash kurslari amalga oshirilmoqda.

Mazkur kurslar askarlarning xizmat davomida kasbiy bilim va koʻnikmalarini oshirish, ularni kelgusida mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishga xizmat ыiladi. Mashgʻulotlar davomida ishtirokchilarga tanlangan kasblar boʻyicha nazariy va amaliy bilimlar berilib, ularning kasbiy salohiyatini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

