Suv havzalarida nazorat tadbirlari
2026-06-05 11:30:00 / Yangiliklar
Jizzax viloyati FVB tomonidan Transport nazorat inspeksiyasi bilan hamkorlikda “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi” MChJ hududida xavfsizlikni ta’minlash va kichik hajmli kemalardan xavfsiz foydalanilishini nazorat qilish maqsadida nazorat-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida suv havzalaridagi kichik hajmli kemalarning sozligi yana bir bor ko‘rikdan o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha kema egalariga ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, kichik hajmli kemalardan xavfsizlik talablariga zid ravishda foydalanib, fuqarolarni tashish bilan shug‘ullanayotgan jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 18 ta kichik hajmli kemalar qirg‘oq bo‘yidagi vaqtinchalik saqlash maydoniga qo‘yildi.
Shuningdek, dam olish uchun tashrif buyurgan fuqarolar bilan suv havzalarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.




