Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov Surxondaryo yoshlari bilan uchrashdi
2026-06-04 20:40:00 / Yangiliklar

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Azizbek Ikramov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, ulardan samarali foydalanish masalalari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, u o‘zining hayotiy va kasbiy faoliyati davomida orttirgan tajribalari bilan o‘rtoqlashib, yoshlarni bilim olishga, yuksak maqsadlar sari intilishga undadi. Tadbir davomida yoshlar tomonidan ko‘tarilgan ayrim muammolar joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mutasaddilar nazoratiga olindi. Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish borasida namunali faoliyat ko‘rsatgan TOP-10 nafar yosh davlat nazorat inspektori va qutqaruvchiga Favqulodda vaziyatlar vazirining Tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. Ularning ota-onalariga esa farzandlari tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun minnatdorlik xatlari tantanali ravishda taqdim etildi.





