“Oilalar bilan ishlash kuni” doirasida manzilli tashriflar va uchrashuvlar o‘tkazildi
2026-06-04 11:05:00 / Yangiliklar

“Oilalar bilan ishlash kuni” rejasiga muvofiq, vazirlikning Oila va xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan olis hududlarda xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar oilalarining ijtimoiy-ma’naviy holatini o‘rganish maqsadida manzilli tashriflar amalga oshirildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida istiqomat qiluvchi harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olinib, oila a’zolari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida ularning yashash sharoitlari, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, amaliy tavsiyalar hamda zarur ko‘maklar ko‘rsatildi.
Shuningdek, Mo‘ynoq va Qo‘ng‘irot tumanlaridagi qutqaruv qismlarida xizmat qilayotgan xodimlar hamda muddatli harbiy xizmat askarlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati, maishiy sharoitlari va ruhiy holati bilan yaqindan tanishilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.
Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.








