Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari tomonidan Sirdaryo viloyatida yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.
2026-06-04 10:30:00 / Yangiliklar

Shundan soʻng, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlaridagi don qabul qilish, saqlash va qayta ishlash korxonalarning yongʻin xavfsizligi holati, mavjud yongʻinga qarshi himoya vositalarining sozligi, evakuatsiya yoʻlaklari holati hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlarning ijrosi oʻrganildi.
Kunning ikkinchi qismida fermer xoʻjaliklari dalalarida mavjud membrana qoplamali suv havzalarida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar oʻrganilib, mazkur suv havzalarida fuqarolar, ayniqsa bolalar va oʻsmirlarning xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan profilaktik tadbirlarning holati koʻzdan kechirildi. Xususan, suv havzalari atrofida oʻrnatilgan ogohlantiruvchi belgilar, himoya toʻsiqlari, najot arqonlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi.
Shuningdek, FVB va masʼul tashkilotlar vakillariga yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish, xavfsizlik choralarini yanada kuchaytirish hamda aholi oʻrtasida targʻibot-tashviqot ishlarini muntazam olib borish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.





