Samarqand viloyatida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi
2026-06-03 21:35:00 / Yangiliklar

Musobaqa davomida jamoalar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Umumta’lim maktablari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Samarqand viloyati Toyloq tumani 17-sonli umumta’lim maktabi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 31-sonli umumta’lim maktabi jamoalari;
🥈 2-o‘rin — Toshkent shahri Uchtepa tumani 295-sonli umumta’lim maktabi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Jizzax viloyati Paxtakor tumani 2-sonli umumta’lim maktabi jamoasi.
Professional ta’lim muassasalari o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-son texnikum jamoasi;
🥈 2-o‘rin — Toshkent shahri Sergeli tumanidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi jamoasi;
🥉 3-o‘rin — Jizzax viloyati Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Jizzax akademik litseyi jamoasi.
Musobaqaning yopilish marosimida so‘zga chiqqan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari N. Kadirov, Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari X. To‘xtayev hamda boshqa mas’ullar yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning bilim va salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, musobaqa ishtirokchilarini erishgan natijalari bilan tabrikladilar hamda kelgusidagi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tiladilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.









