Dual taʼlim asosidagi amaliy hamkorlik ishlari
2026-06-03 17:40:00 / Yangiliklar

Oʻrganishlar davomida dual taʼlim tizimining asosiy afzalliklaridan biri boʻlgan “taʼlim–amaliyot–ishlab chiqarish” integratsiyasini taʼminlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu esa kursantlarning nazariy bilimlarini real ishlab chiqarish sharoitlarida mustahkamlash, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash imkonini berishi takidlab oʻtildi.
Shuningdek, universitetda kursantlarning nazariy bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlash, radiatsion va kimyoviy xavfsizlik yoʻnalishida zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, oʻquv-amaliy mashgʻulotlarni yangi bosqichga olib chiqish yuzasidan mutaxassislar bilan oʻzaro fikr almashildi.






