“Oilaga sharqona sadoqat” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi
2026-06-03 13:45:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan “Oilaga sharqona sadoqat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Batafsil...
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar bo‘limining oila va xotin-qizlar bo‘yicha bosh mutaxassislari D. Sulaymonova va F. Islomova ishtirokchilarga samimiy muloqot o‘tkazdi.
Shuningdek, mutaxassislar xodimlarning xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari va hol-ahvolidan xabar oldi.
Tadbir doirasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ayol xodimlarning jamiyat va xizmatdagi o‘rnini yanada oshirish hamda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday uchrashuvlar xodimlar o‘rtasida mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.






