“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida Samarqandga sayohat tashkil etildi
2026-06-02 15:35:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat qilayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda madaniy hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Sayohatda vazirlik markaziy apparatida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, xodimlar hamda ularning oila aʼzolari ishtirok etdi.
Tashrif davomida ishtirokchilar Samarqand shahrida joylashgan tarixiy va madaniy meros obyektlari — Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, Xoʻja Doniyor maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi va maqbarasi, “Boqiy shahar” tarixiy-etnografik majmuasi hamda Registon maydoni bilan tanishdilar.
Shuningdek, Imom al-Buxoriy ziyoratgohi va boshqa tarixiy qadamjolarga tashrif buyurilib, yurtimizning boy tarixi va madaniy merosi haqida keng maʼlumotlarga ega boʻldilar.





