Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni keng nishonlandi
2026-06-01 16:20:00 / Yangiliklar

1-iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining barcha hududiy bosh boshqarmalari hamda boshqarmalari tomonidan bolajonlar uchun turli madaniy-ma’rifiy va ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida bolalarga bayramona kayfiyat ulashish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda xavfsizlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, bolalar uchun qiziqarli chiqishlar, tanlovlar va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlar yosh avlodning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi.









