Fargʻona viloyatida “Quvnoqlar va zukkolar – 2026” koʻrik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichi oʻtkazildi
2026-06-01 09:25:00 / Yangiliklar

Unda Andijon va Namangan viloyatlarii Favqulodda vaziyatlar boshqaramasi, Qamchiq maxsus qutqaruv boshqarmasi hamda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasida xizmat qilayotgan yosh harbiy xizmatchilar va xizmatchilar ishtirok etdi.
Qizgʻin hamda murosasiz bellashuvlarga boy tarzda oʻtkazilgan koʻrik tanlov yakuniy natijalariga koʻra:
🔹 1-oʻrinni Toshkent viloyati FVBBning “Toshkent piyolasi” jamoasi;
🔹 2-oʻrinni Andijon viloyati FVBning “Xaloskorlar” jamoasi;
🔹 3-oʻrinni Namangan viloyati FVBning “Universal” jamoasi egalladi.
Yakunda gʻolib jamoalar kitoblar jamlanmasi, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.






