Murojaat, muloqot va yechim: Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramovning qabuli boʻlib oʻtdi
2026-05-31 18:35:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari

Qabul jarayonida bayon etilgan masalalar, muammolar va ularni hal etish mexanizmlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi.
Murojaatlar bilan ishlash jarayonida murojaatchilarning real ehtiyojlarini aniqlash, muammolarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish hamda ularni tizimli ravishda bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarga alohida eʼtibor qaratildi.
Kelib tushgan 200 dan ortiq murojaatlarning asosiy qismi qonunchilik talablari asosida ijobiy hal etilib, qolganlari boʻyicha qoʻshimcha oʻrganish, sohaviy idoralar bilan hamkorlikda choralar koʻrish zarurligi sababli ular belgilangan tartibda nazoratga olindi va masʼullarga ijrosini taʼminlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Albatta murojaatlarini koʻrib chiqish va ularda koʻtarilgan muammolarni hal etish davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. Shu maqsadda fuqarolar bilan bevosita muloqotni amalga oshirish, muammolarni oʻrganish hamda murojaatlarga oʻz vaqtida va samarali yechim topish boʻyicha Favqulodda vaziyatlar tizimida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.









