Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaxsiy tarkib bilan uchrashdi va yaratilgan sharoitlarni oʻrgandi
2026-05-29 20:10:00 / Yangiliklar

Shundan soʻng, Nukus shahridagi texnik tamirlash qismi va Nukus shahar FVB 2-sonli qutqaruv qismining ish faoliyati oʻrganilib, shaxsiy tarkibi bilan ochiq muloqot oʼtkazildi va xodimlarning xizmat jarayonida duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslarini tinglandi. Bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tizim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda xodimlar uchun munosib va qulay xizmat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Kunning ikkinchi yarmida Moʻynoq tumaniga tashrif buyurilib, "Doʻstlik" MFY hududida joylashgan yangi qurilishi boshlangan 13-sonli qutqaruv qismining loyhasi va qurilish jarayoni bilan tanishildi.
Oʻrganishlar yakunida FVB rahbarlariga qurilish ishlarini jadallashtirish, xizmat samaradorligini yanada oshirish hamda qutqaruvchilarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.


