Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Samarqand viloyatida oʻrganish ishlarini olib bordi
2026-05-29 14:15:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Oʻrganishlar davomida favqulodda vaziyatlar organi davlat nazorati inspektorlari faoliyati, hujjatlarni yuritilishi, mahallalarda tashkil etilgan “Mahalla muhofazasi” xonalari, “Mahallabay” va “Xonadonbay” olib borilayotgan tadbirlar, shuningdek, hududlardagi qutqaruv qismi va maxsus texnikalar holati atroflicha koʻzdan kechirildi.

Jarayonda Toyloq tumanida yangi quriladigan qutqaruv qismi taqdimoti va Samarqand tumanida qutqaruv qismining rekonstruksiya qilish rejasi bilan tanishilib, masʼullarga zarur tavsiyalar berildi.
Oʻrganishlar yakunida FVB rahbarlariga xizmat samaradorligini yanada oshirish hamda qutqaruvchilarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini kuchaytirish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berildi.

