Suv havzalarida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi
2026-05-28 13:05:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumanida joylashgan Janubiy Surxon suv ombori hududida profilaktik nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida kema va katerlar harakati vaqtincha to‘xtatilib, ularning texnik holati hamda kichik xajmli kema boshqaruvchilarining tegishli hujjatlari, guvohnoma va ruxsatnomalari tekshiruvdan o‘tkazildi.
Shuningdek, mas’ul xodimlar tomonidan suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, fuqarolarga zarur tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.
Bunday profilaktik tadbirlar suv ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda aholi hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishga xizmat qiladi.


