Buxoroda matbuot anjumani oʻtkazildi
2026-05-25 17:25:00 / Matbuot anjumanlari
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan “Yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlardan aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani oʻtkazildi.

Anjuman davomida yoz mavsumida suv havzalarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilish, bolalar oromgohlarida xavfsizlikni taʼminlash, yuqumli kasalliklarning oldini olish, shuningdek, favqulodda vaziyatlarning profilaktikasi borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan mavzular yuzasidan tushuntirishlar berilib, ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga batafsil javob qaytarildi. Matbuot anjumani ochiq va samimiy ruhda oʻtdi.
Tadbirning amaliy qismida suvda choʻkkan insonni qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish tadbirlari namoyish etildi.





