Aholi xavfsizligi yoʻlida: Masjidlarda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha oʻrganishlar olib borildi
2026-05-25 16:25:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari tomonidan Namangan viloyati FVB rahbariyati hamda shahar, tuman FVB boʻlim boshliqlari ishtirokida videokonferensaloqa orqali tezkor yigʻilish oʻtkazilib, unda Qurbon hayiti tadbirlari davrida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Fargʻona viloyatida joylashgan jome masjidlarda oʻrganishlar olib borilib, masʼullarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha tegishli topshiriqlar berildi.


