Qoraqalpogʻiston Respublikasida Faxriylar kengashlari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha Memorandum imzolandi
2026-05-22 10:30:00 / Yangiliklar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Prokuraturasida “Uch avlod uchrashuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri oʻtkazildi. Unda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faxriylari, shaxsiy tarkib hamda yosh mutaxassislar ishtirok etdi.
Tadbir davomida faxriylar oʻz tajribalari va hayotiy saboqlari bilan oʻrtoqlashib, yoshlarga tavsiyalar berdi. Shuningdek, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Yakunda faxriylar kengashlari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash, yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash hamda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish boʻyicha memorandum imzolandi.
