“Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida hududlarda profilaktik tadbirlar tashkil etildi
2026-05-21 16:15:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlarda FVV hamda boshqa tegishli tashkilotlar mas'ullari, harbiy xizmatchilar, xizmatchilar ishtirok etdi.
Tadbirda mas'ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish, axborot xavfsizligini ta’minlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, diniy ekstremizm va radikal g‘oyalarning salbiy oqibatlari, shuningdek, onlayn qimor o‘yinlarining jamiyat va shaxs hayotiga zararli ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar yetkazildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan batafsil javoblar berildi hamda huquqiy madaniyatni oshirish, xizmat va kundalik hayotda qonuniylikka qat’iy rioya etish muhimligi alohida ta’kidlandi.








