“Farg‘ona adabiyoti: bugun va ertaga” kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi
2026-05-20 18:20:00 / Yangiliklar

Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamda Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi hamkorligida professor Yo‘ldoshxo‘ja Solijonovning “FARG‘ONA ADABIYOTI: bugun va ertaga” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.
Tadbirda shaxsiy tarkib, taniqli adiblar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, Farg‘ona adabiyotining kechagi kuni, buguni va istiqboli haqida qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi. Kitob taqdimoti samimiy muloqot va boy taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.








