Surxondaryoda yoshlar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar
2026-05-20 16:00:00 / Yangiliklar

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumandagi “Sport arena” majmuasida FVB, hokimlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga biriktirilgan yoshlar oʻrtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar futbol, voleybol, shaxmat, armrestling hamda stritbol sport turlari boʻyicha tashkil etilib, unda tumanning faol, tashabbuskor, sportsevar va iqtidorli yoshlari faol ishtirok etdilar. Tadbir yakunida musobaqalarda faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etgan gʻolib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Sport bayrami barcha ishtirokchilarga unutilmas taassurot va yuqori kayfiyat ulashdi.



