FVV Faxriysi Raxmonov Abdimumin Xoliqovich
2026-05-20 11:55:00 / Yangiliklar
Navbatdagi lavhamiz uzoq yillar davomida FVV tizimida fidokorona xizmat qilgan iste’fodagi podpolkovnik Raxmonov Abdimumin Xoliqovichga bag‘ishlanadi.
Qahramonimiz — 1988-yildan boshlab Qurolli Kuchlar safida harbiy xizmatni boshlagan, 1996-yildan Ichki ishlar organlarida, shuningdek, yong‘in xavfsizligi xizmati Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazilgach, ushbu tizimda ham mas’uliyatli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan.
Ushbu faxriyimiz o‘z faoliyati davomida Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining “Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi” OFV bo‘limi boshlig‘ining kadrlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
