Buxoro viloyati FVB tomonidan "Chinor Mall" savdo majmuasida maxsus-taktik mashq o‘tkazildi
2026-05-19 19:25:00 / Yangiliklar
Buxoro viloyati FVB tomonidan FVDqTga kiruvchi korxona va tashkilotlar hamkorligida Buxoro shahri hududida joylashgan "Chinor Mall" savdo majmuasida maxsus-taktik mashq o‘tkazildi.
Mazkur mashq davomida shartli yong‘in kelib chiqish holatida tezkor xizmatlarning o‘zaro hamkorligi, kuch va vositalarni boshqarish, aholini xavfsiz evakuatsiyasini ta’minlash hamda yong‘inni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar sinovdan o‘tkazildi.
