FVV Akademiyasi kursantlari Osiyo chempionatiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi
2026-05-19 17:05:00 / Yangiliklar

Mazkur chempionatda FVV Akademiyasi kursantlari ham yuqori tayyorgarlik va sport mahoratini namoyon etib, muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yakuniy natijalarga koʻra, Akademiya jamoasi tomonidan 3 ta oltin, 3 ta kumush hamda 5 ta bronza medali qoʻlga kiritildi.
Jumladan, 5-oʻquv kursi kursanti Ibodov Islom 70 kg vazn toifasida oʻng qoʻlda va chap qoʻlda faxrli 1-oʻrinni egallab, 2 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.
4-oʻquv kursi kursanti Amonov Olamgir 110+ kg vazn toifasida oʻng qoʻlda faxrli 1-oʻrinni egalladi oltin medalni, shuningdek chap qoʻlda shu vazn toifasida 3-oʻrinni egallab bronza medalini qoʻlga kiritdi.
4-oʻquv kursi kursanti Xayitmurodov Boymuhammad 65 kg vazn toifasida oʻng qoʻlda faxrli 2-oʻrinni egallab, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
3-oʻquv kursi kursanti Rizaqulov Ogʻabek 85 kg vazn toifasida oʻng qoʻlda 2-oʻrinni, chap qoʻlda 3-oʻrinni egallab 1 ta kumush va 1 ta bronza medali sohibi boʻldi.
3-oʻquv kursi kursanti Abdumoʻminov Abdulaziz 60 kg vazn toifasida oʻng qoʻlda 2-oʻrinni, chap qoʻlda 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
5-oʻquv kursi kursanti Hamraqulov Doston 75 kg vazn toifasida oʻng va chap qoʻllarda faxrli 3-oʻrinni egalladi.
Xususan, 5-oʻquv kursi kursanti Islom Ibodov hamda 4-oʻquv kursi kursanti Olamgir Amonov oʻz vazn toifalarida faxrli birinchi oʻrinni egallab, oltin medallarga sazovor boʻldi. Ularning yuqori natijalari munosabati bilan sportchilar Qozogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtadigan armrestling boʻyicha Osiyo chempionatida ishtirok yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Taʼkidlash joizki, Akademiya rahbariyati tashabbusi bilan Akademiyada kursantlarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sportga boʻlgan qiziqishini oshirish hamda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur natijalar esa yosh sportchilarning qatʼiyati, murabbiylarning fidokorona mehnati va olib borilayotgan samarali tayyorgarlik jarayonining amaliy ifodasi boʻldi.
Ushbu gʻalaba bilan chempion kursantlarimizni samimiy muborakbod etib, kelgusi Osiyo chempionatida ularga ulkan zafarlar tilaymiz.


