Namangan viloyati FVB amaliy-taktik mashg‘uloti
2026-05-19 16:20:00 / Yangiliklar
Namangan viloyati FVB tomonidan Yangi Namangan tumanida joylashgan “Namangan davlat texnika universiteti talabalar yotoqxonasi”da yong‘in o‘chirish bo‘yicha amaliy-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mazkur amaliy-taktik mashg‘ulot davomida FVB, hamkor tashkilotlar hamda yotoqxona xodimlarining favqulodda vaziyatlardagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Shuningdek, yotoqxonada yashayotgan talabalarga favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalar berildi.
