Buxoro viloyatida “Uch avlod uchrashuvi”
2026-05-19 16:00:00 / Yangiliklar

Buxoro viloyati FVB, "LUOK" OFVB rahbariyati, tizim faxriylari, yosh harbiy xizmatchilar hamda yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir davomida sohada uzoq yillar xizmat qilgan faxriylar soʻzga chiqib, kasb mashaqqati haqida oʻz tajribalarini oʻrtoqlashdilar, rahbarlar yoshlarga xizmat faoliyatidagi tartib-intizom, vatanparvarlik tuygʻulari boʻyicha ham tushunchalar berdilar.


