“Uzbekistan airports” AJda oʻquv mashqlari
2026-05-19 09:45:00 / Yangiliklar
“Uzbekistan airports” AJ obyektlarida Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan “Dolzarb 30 kun” oyligi doirasida “Toshkent xalqaro aeroporti” MChJ obyektlarida favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yongʻin xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan tadbirlar muntazam ravishda oʻtkazib kelinmoqda.

Xususan, “Toshkent xalqaro aeroporti” MChJga qarashli yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar saqlash rezervuar parklaridan foydalanishda favqulodda vaziyatlarni oldining olish, sodir boʻlganda tezkor harakat qilish hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikda oʻrganish ishlari va oʻquv mashqlari oʻtkazildi.


