Xorazm viloyatida keng qamrovli maʼnaviy-marifiy tadbirlar oʻtkazildi
2026-05-16 16:35:00 / Yangiliklar

Dastlab, 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning farzandlariga oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun imtiyozli tavsiyanomalar va bir guruh harbiy xizmatchilarga navbatdagi harbiy unvonlar tantanali topshirilib, tizimida uzoq yillar samarali xizmat qilgan harbiy xizmatchini nafaqaga kuzatish marosimi ham boʻlib oʻtdi. Ularning koʻp yillik fidokorona mehnati va xizmatlari eʼtirof etilib, samimiy tilaklar bildirildi.
Tadbirning ikkinchi qismida vazirlikka biriktirilgan hamda ish bilan band boʻlmagan yoshlar muammolari va takliflari tinglandi. Ularni qoʻllab-quvvatlash, bandligini taʼminlash, kasb-hunar oʻrganishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Ularni qiynayotgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.







