Xorazm viloyatida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha oʻrganish ishlari olib borildi
2026-05-16 15:25:00 / Yangiliklar
Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan jome masjidlarida bayram tadbirlarini xavfsiz tashkil etish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash hamda fuqarolarning xavfsiz harakatlanishi bilan bogʻliq masalalar oʻrganildi.

Masʼul xodimlarga yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish va favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli tavsiya hamda koʻrsatmalar berildi.
Shundan soʻng, Amudaryo daryosining Xorazm viloyati hududidan oqib oʻtuvchi qismida yangi tashkil etilayotgan plyaj zonalari ham koʻzdan kechirildi. Oʻrganish davomida choʻmilish hududlarida xavfsizlik talablariga rioya etilishi, qutqaruv vositalari va ogohlantiruvchi belgilar bilan taʼminlanganlik holati tahlil qilindi.
Bundan tashqari, daryo qirgʻoqlarining mustahkamligi, suv toshqinlari hamda qirgʻoq yemirilishining oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilib, masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.





