Namanganda yoz mavsumida favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-05-16 10:35:00 / Yangiliklar
Bugun, 16-may kuni Namangan viloyatida Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari X.Sotiyev hamda viloyat hokimi oʻrinbosari Gʻ.Djamalov boshchiligida mutasaddi tashkilotlar rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirokida tezkor yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda yoz mavsumida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash, issiq havo, suv toshqinlari, yongʻinlar hamda boshqa tabiiy va texnogen xavflarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida viloyatdagi tegishli xizmatlar va mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifa hamda koʻrsatmalar berildi.


