Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.I.Ikramov Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi faoliyatini yaqindan oʻrgandi
2026-05-16 10:00:00 / Yangiliklar

Shuningdek, qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning xizmatni samarali va xavfsiz olib borishlari uchun zarur infratuzilma hamda maishiy qulayliklar ham oʻrganilib, shaxsiy tarkib bilan ochiq muloqot oʻtkazildi va xodimlarning xizmat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Jarayonda vazir texnik taʼmirlash qismi hamda Hayotiy faoliyat xavfsizligi oʻquv markazini zamon talablariga mos ravishda yangidan rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha taqdimotlari bilan tanishib, ularni yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni berdi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkibning maʼnaviy-maʼrifiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan kutubxona hamda maʼnaviyat xonalari faoliyati bilan tanishilib, bu boradagi ishlarning samaradorligini oshirish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy texnika va asbob-uskunalar bilan taʼminlash, xizmat samaradorligi hamda tezkorlikni oshirish yuzasidan masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi.
Kunning ikkinchi qismida, Uchquduq tumanida joylashgan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Navoiyuran” davlat korxonasi Shimoliy kon boshqarmasi obyektlariga borilib, u yerda favqulodda vaziyatlar boʻlimi faoliyati, mavjud sharoitlar, kuch va vositalarning shayligi hamda yongʻin xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, Shimoliy kon boshqarmasi Markaziy moddiy-texnika bazasida vazir rahbarligida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazilib, shaxsiy tarkibning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va sodir boʻlganda tezkor haraktlari sinovdan oʻtkazildi.





