Xorazmda bolalar yozgi dam olish oromgohida mavsum oldidan tayyorgarlik ishlari oʻrganildi
2026-05-16 09:10:00 / Yangiliklar
Xorazm viloyatining Xonqa tumanida joylashgan “Sogʻlom avlod” bolalar yozgi dam olish oromgohiga Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari N.Kadirov, viloyat FVB boshligʻi hamda tumani hokimi tashrif buyurib, bolalarning yozgi dam olishini mazmunli va xavfsiz tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida oromgohda yaratilgan shart-sharoitlar, yotoqxonalar, ovqatlanish joylari, yongʻin va texnika xavfsizligi talablari, sanitariya holati hamda bolalar uchun yaratilayotgan qulayliklar koʻzdan kechirildi.
Mutasaddilar tomonidan, avvalo, bolalarning maroqli va eng muhimi xavfsiz dam olishini taʼminlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilib, masʼullarga zarur koʻrsatma va tavsiyalar berildi.



