Ochiq muloqot va amaliy yechimlar: Shovot tumanida ommaviy sayyor qabul bo‘lib o‘tdi
2026-05-15 16:40:00 / Yangiliklar

Bugun, 15-may kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanida oʻtgan ommaviy sayyor qabul ham shular jumlasidan. Unda harbiy xizmatchilar, xodimlar, ularning oila aʼzolari, pensionerlar va yoshlar ishtirok etdi.
Dastlab ochiq muloqotda yurtimizdagi islohotlarning hayotiy ifodasi, Prezidentimiz, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondonining alohida eʼtibori va gʻamxoʻrligi natijasida harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan, shuningdek, yangi joriy etilgan, shu jumladan, joriy etilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar haqida atroflicha soʻz yuritildi.
Soʻngra soha mutaxassislari qatnashuvida murojaatlar tinglanib, ularni joyning oʻzida hal etish choralari koʻrildi. Asnoda huquqiy maslahatlar ham berilib, koʻrib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.
Jarayonda tashkil etilgan mehnat yarmarkasi esa harbiy xizmatchilarning oila aʼzolari va muddatli harbiy xizmatni oʻtab qaytgan yoshlarga oʻzlari qiziqqan kasb va mutaxassislikdagi boʻsh ish oʻrinlarini tanlash uchun ayni muddao boʻldi.





