Harbiylar farzandlariga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi
2026-05-15 15:30:00 / Yangiliklar

Unda harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Marosim davomida mamlakatimizda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ayniqsa, yosh avlodning sifatli taʼlim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekani alohida taʼkidlandi. Shuningdek, harbiylarning farzandlariga berilayotgan bunday imtiyoz va tavsiyanomalar ularning bilim olishga boʻlgan intilishlarini yanada kuchaytirishi, kelgusida Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshadigan yetuk mutaxassislar boʻlib kamol topishida muhim omil boʻlib xizmat qilishi qayd etildi.
Yakunda tavsiyanoma olgan yoshlar yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yuqori natijalarga erishish, ota-onalari singari Vatanga sadoqat bilan xizmat qilishga tayyor ekanliklarini bildirdi.









