Yangiariq tumanida Favqulodda vaziyatlar boʻlimining yangi maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi
2026-05-15 14:20:00 / Yangiliklar

Tadbir davomida mamlakatimizda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini taʼminlash va qutqaruv xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar alohida taʼkidlandi. Yangi bino qutqaruvchilarning xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, zamonaviy sharoitlarda xizmat olib borish hamda aholiga tezkor va sifatli yordam koʻrsatishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Marosimning eng quvonchli lahzalaridan biri sifatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan boʻlimga yangi zamonaviy yongʻin-qutqaruv avtomobili tantanali ravishda topshirildi.
Yangi inshoot va zamonaviy texnikalar favqulodda vaziyatlarga tezkor munosabat bildirish, insonlar hayoti va mulkini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.








