Nukusda yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot
2026-05-14 19:35:00 / Yangiliklar

Mazkur tadbir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning sohadagi bilim va koʻnikmalarini yanada oshirish, shuningdek, yosh qutqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda sohada faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar, tizim faxriylari, “Yosh qutqaruvchi” klublari aʼzolari hamda sportchi yoshlar ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha rahbarlaridan batafsil javoblar oldilar.
Shuningdek, uchrashuvda yoshlarning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida favqulodda vaziyatlar sharoitida qutqaruvchilar foydalanadigan maxsus texnikalar namoyishi va sayyor qabul ham oʻtkazildi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbir yoshlarda sohaga boʻlgan qiziqish va masʼuliyat tuygʻusini yanada mustahkamladi.









